Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari nishoniga aylandi

Anxel di Mariya vatanga qaytgach, dastlabki o'yinlarda o'zini yaxshi ko'rsatdi, biroq keyin vaziyat murakkablashdi. Muammo uning natijalaridan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligi bilan bog'liq: ular Di Mariya maydonda tez-tez yiqilib, jarima zarbasi yoki penalti "so'raydi", deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionatiga bag'ishlangan mahalliy forumlarda ham keskin fikrlar yangramoqda. Ayrim muxlislar sobiq "Manchester Yunayted" va "Real" futbolchisining "hiylalariga" hakamlar nega ogohlantirish bermayotganini so'roq qilsa, boshqalar "Rosario Sentrall" yetakchisining penalti olish uchun haddan tashqari urinishlarini tanqid qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing