Djikiya Antalyaspor dagi ahvoli haqida savollarga javob berdi

Turkiyaning Antalyaspor klubi himoyachisi Georgiy Djikiya jamoa tarkibidagi hozirgi holati yuzasidan qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e’lon qilgan videoda yangradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Djikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoit va muhit ko‘nglidagidek ekani, barchasi yoqayotganini tabassum bilan tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Djikiya o‘tgan yozda Antalyaspor safiga qo‘shilgan. Shu vaqt ichida u 13 uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor gol urishga ham ulgurdi.
Antalyaspor hozir Turkiya Superligasi jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13 fevral kuni o‘z maydonida Samsunsporga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!