Al-Hilol Kalidu Kulibali bilan shartnomani uzaytirdi

Markaziy himoyachi Kalidu Kulibali kelasi mavsumda ham “Al-Hilol” safida to‘p suradi. Saudiya klubi rasmiy sayti orqali senegallik futbolchi bilan tuzilgan bitim uzaytirilganini ma’lum qildi. Yangi kelishuv 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kulibali “Al-Hilol”ga 2023 yilda qo‘shilgandi. Bundan avval u Yevropada “Mets”, “Genk”, “Napoli” va “Chelsi” klublari sharafini himoya qilgan. Himoyachi Saudiya Arabistoniga ko‘chishida moliyaviy sharoit muhim rol o‘ynaganini yashirmagan, keyinchalik esa mahalliy liga darajasi ham yuqori ekanini ta’kidlagan.
Hozirda “Al-Hilol” Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi “Al-Nasr” esa bir ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing