Nunes arab chempionati ro'yxatidan chiqdi, Benzema kiritildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni milliy chempionat uchun arizadan chiqarib, tarkibga klubga yangi qo'shilgan Karim Benzemani ro'yxatdan o'tkazdi. Shu bilan birga, Nunes Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun jamoa qaydnomasida qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, Nunes faoliyati davomida Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilib keladi va hozirgacha 13 ta gol muallifi bo'lgan. Shuningdek, 2022 yil Qatarda o'tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing