Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi “Boka Xuniors” klubning yangi sport direktorini rasman e’lon qildi. Bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor, shu bois Delgado va Rikelme dueti yaqin davrda transfer va sport siyosati bo‘yicha muhim qarorlar ustida ish olib boradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgan — bu ko‘rsatkichni “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing