Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman e’lon qildi

Argentina grandi “Boka Xuniors” klubida sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlangani rasman ma’lum qilindi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini zudlik bilan kuchaytirish zarurati bor, shu bois Delgado va Rikelme transferlar hamda seleksiya yo‘nalishida tezkor qarorlar ustida ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o‘tkazgan, 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqada eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!