date

Angliya FA ichida Tuhel bilan kelishuv uzaytirilishidan norozi bor

Angliya FA ichida Tuhel bilan kelishuv uzaytirilishidan norozi bor

Kecha Angliya Futbol assotsiatsiyasi Tomas Tuhel bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Nemis mutaxassis Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, FAdagi ayrim yuqori lavozimli amaldorlar bu qarordan qoniqmagan. Ularning fikricha, Tuhel bo‘yicha yakuniy xulosani jahon chempionatidan keyin chiqarish kerak edi — natija bilan birga, taktika falsafasi va yetakchilik fazilatlarini ham turnir yakunida baholash ma’qul bo‘lardi.

Assotsiatsiya ichidagi ayrim vakillar shartnoma uzaytirilishi Tuhelni boshqa ishga olib ketishlaridan cho‘chish bilan bog‘liq bo‘lganini ham istisno qilmayapti.

Avvalroq Tomas Tuhel yozgi rejalar bo‘yicha «Manchester Yunayted»ning qisqa ro‘yxatiga kirgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya FA ichida Tuhel bilan kelishuv uzaytirilishidan norozi bor