date

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi “Boka Xuniors” sport direktori lavozimiga yangi nomni e’lon qildi — klubning bu boradagi tanlovi Marselo Delgadoga tushdi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub yaqin vaqt ichida tarkibni kuchaytirishga muhtoj ekani ta’kidlanmoqda. Shu sabab Delgadо va Rikelme dueti transfer hamda jamoani mustahkamlash masalalarida tezkor qarorlar ustida ishlashi kutilmoqda.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng sermahsul futbolchi bo‘lgan — bu natijani “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi