date

Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

"Antalyaspor"da to'p surayotgan rossiyalik himoyachi Georgiy Jikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, futbolchi maoshlar kechikayotgani uchun norozi va shu sabab Rossiya Premyer-ligasidagi klublar variantlarini ko'rib chiqmoqda. Maoshlar noyabr oyidan beri ushlanib qolgan, qolgan jihatlarda esa Jikiya Turkiyadagi sharoitlardan mamnun.

32 yoshli himoyachi "Antalyaspor" safiga o'tgan yil yozida qo'shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi hamda 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin