date

Djikiya Antalyasporni tark etib RPLga qaytishi mumkin

Djikiya Antalyasporni tark etib RPLga qaytishi mumkin

Rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, futbolchi maoshning kechikayotgani sababli norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasidagi klublar variantlarini ko'rib chiqmoqda. Arutyunov ta'kidlashicha, to'lovlar noyabr oyidan beri ushlanib kelmoqda, qolgan jihatlarda esa Djikiya Turkiyadagi hayotidan mamnun.

32 yoshli himoyachi Antalyaspor safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya Antalyasporni tark etib RPLga qaytishi mumkin