Jikiya Antalyasporni tark etishi mumkin, sababi aytildi

Rossiyalik himoyachi Georgiy Jikiyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiya maosh kechikayotgani sabab Turkiyadagi vaziyatdan norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Uning ta’kidlashicha, maosh noyabr oyidan beri ushlanib qolgan, qolgan jihatlarda esa futbolchi Turkiyada hammasidan mamnun.
32 yoshli himoyachi Antalyaspor safiga o‘tgan yozda qo‘shilgandi. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing