date

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning “Boka Huniors” klubi yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Boka Huniors” tarkibni zudlik bilan kuchaytirishga muhtoj. Shu bois Delgado va Rikelme oldida transferlar bozorida tez va aniq qarorlar qabul qilish vazifasi turibdi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qoldirgan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Delgado bu sovrinni “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi