Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi yangi sport direktorini e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti, “Barselona”ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Boka Xuniors” tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme oldida transfer bozorida muhim vazifalar turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham salmoqli iz qoldirgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
2003 yilda esa Delgado Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purariga aylangan — u bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Santos” hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bir xil natija qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!