date

Ronaldu navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishga qaror qildi

Ronaldu navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishga qaror qildi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining navbatdagi o‘yinida ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida jamoasining so‘nggi ikki uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi, biroq endi maydonga qaytish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Jurnalist Fabrizio Romanoning xabariga ko‘ra, yulduzli portugaliyalik shanba kuni “Al-Fateh”ga qarshi bahsda o‘ynashga tayyor. Hujumchi jamoa bilan birga uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Al-Hasaga ham yetib borgan.

O‘yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda “Al-Nasr” Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishga qaror qildi