date

Djikya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Djikya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Rossiyalik himoyachi, hozirda Antalyaspor safida to'p surayotgan Georgiy Djikyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, futbolchi maoshlar kechikayotganidan norozi va shu bois RPL klublaridan bo'lgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Ta'kidlanishicha, to'lovlar noyabr oyidan beri kechikmoqda, biroq Djikya Turkiyadagi hayoti va jamoa sharoitlaridan umuman olganda mamnun.

32 yoshli himoyachi Antalyaspor safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgandi. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 3 ta sariq kartochka bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin