Ermakov Trubinning Real darvozasiga urgan golini kinoga qiyosladi

"Pari NN" yarim himoyachisi Nikita Ermakov "Benfika" darvozaboni Anatoliy Trubinning "Real" darvozasiga kiritgan goli uni qanday hayratga solganini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 8-turida Trubin qo‘shimcha daqiqalarda gol urib, portugal klubining pley-off bosqichiga chiqishiga katta hissa qo‘shgandi.
Ermakov bu epizodni juda noodatiy holat deb baholadi: "Bu xuddi kinodagidek! Bundan men uchun ham alohida motivatsiya bor. Bunaqasini hali hech qachon ko‘rmaganman", — deya uning so‘zlarini "RB Sport" keltiradi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, "Real" va "Benfika" yana Chempionlar ligasi pley-offining stykov raundida to‘qnash keladi. Dastlabki o‘yin 17-fevral kuni Lissabonda, javob bahsi esa 25-fevral kuni Madriddа bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!