Kanchelskis Karikka mavsum oxirigacha imkon berishni taklif qildi

“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis klubning hozirgi vaqtinchalik bosh murabbiyi Maykl Karriq ishlari haqida fikr bildirdi. Uning qayd etishicha, Karriq qo‘l ostida jamoa so‘nggi besh uchrashuvning to‘rttasida g‘alaba qozongan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kanchelskis jamoa APL jadvalida kuchli to‘rtlikdan joy olib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi shartligini ta’kidladi. Murabbiyni doimiy lavozimda qoldirish masalasida esa mavsum yakunini kutish kerakligini aytib, shunga qaramay Karriqqa imkon berish tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi.
Hozirda “Manchester Yunayted” 26 turdan so‘ng 45 ochko to‘plagan va chempionat jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Undan yuqorida “Aston Villa” (50 ochko), “Manchester Siti” (53) hamda “Arsenal” (57) joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!