Kantaleho Negreyra ishi bo'yicha dog' hech qachon ketmasligini aytdi

26 iyun kuni Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi hakamlar Texnik qo'mitasi (CTA) rahbariyatini to'liq tarkibda iste'foga chiqardi. Ular orasida qo'mita prezidenti Medina Kantaleho ham bor edi. Bu qadam avvalroq berilgan va'da — ispan hakamligini yangilash jarayonining bir qismi sifatida izohlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oradan yetti oy o'tib, sobiq rahbar hamkasblari faoliyati va «Negreyra ishi» bo'yicha fikr bildirdi.
«Qaror imkon qadar tezroq chiqishini istayman. Jamiyat bu ishda adolat talab qilishi kerak, chunki CTA vitse-prezidentiga “Barselona” tomonidan pul to'langan. Bu bir necha avlodga taalluqli masala, barchamiz uchun uyat. Buning uchun kimdir javob berishi shart», — deya Kantalehoning so'zlarini Canal Sur Radio keltirdi.
«Hakamlarning birortasi bunga aloqador deb o'ylamayman, ammo shunday bo'lsa, ular hammamizga yetgan zararni qoplashi kerak. Qanday bo'lmasin, bu dog' hech qachon o'chmaydi», — dedi u.
Kantaleho hakamlar sulolasidan: uning otasi va bobosi ham Ispaniya chempionati o'yinlarida ishlagan. U 2006 yilgi jahon chempionati finalida Zinedin Zidanni maydondan chetlatgan hakam sifatida ham yodda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!