Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning "Boka Huniors" klubi sport yo‘nalishidagi yangi rahbarni e’lon qildi — bu lavozimga Marselo Delgado kelib qo‘shildi. U klub prezidenti, "Barselona"ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Boka Huniors" tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme oldida transferlar va jamoani yangilash borasida muhim vazifalar turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — u bu ko‘rsatkichni "Santos" hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!