date

Jezush Ronaldo nega o'ynamasligini izohladi va unga dam berdi

Jezush Ronaldo nega o'ynamasligini izohladi va unga dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning navbatdagi o'yinda maydonga tushmasligi sababini ochiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, ammo bu uchrashuvda ham u qaydnomadan joy olmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronalduga va asosiy tarkibdagi yana bir qancha futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin turibdi», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Murabbiy ta'kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan uchrashuvlarni avval ham bir necha bor o'tkazib yuborgan.

Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronaldo nega o'ynamasligini izohladi va unga dam berdi