date

Aguero qaysi jamoani ko'proq qo'llashini ochiq aytdi

Aguero qaysi jamoani ko'proq qo'llashini ochiq aytdi

Argentina futboli yulduzi, sobiq hujumchi Serxio Aguero Madridning «Atletiko»si va «Barselona» haqidagi munosabatini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Aguero 2006–2011 yillarda «Atletiko» safida to'p surgan, faoliyatining yakuniy bosqichida esa 2021 yil iyulidan dekabrigacha «Barselona» ranglarini himoya qilgan.

«Men ham «Atletiko»da, ham «Barselona»da o'ynaganman. Rostini aytsam, men «Barsa»ni chin dildan sevib qoldim va hozir uni «Atletiko»dan ham ko'proq qo'llab-quvvatlayman», — deya Agueroning so'zlarini ispan OAV keltirdi.

Sobiq forvard faoliyatining eng katta qismini «Manchester Siti»da o'tkazib, ingliz klubida o'n yil davomida o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, payshanba kuni Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida «Atletiko» «Barselona»ni 4:0 hisobida yirik mag'lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aguero qaysi jamoani ko'proq qo'llashini ochiq aytdi