date

Angliya FAda Tuhel bilan shartnoma uzayishidan norozi bor

Angliya FAda Tuhel bilan shartnoma uzayishidan norozi bor

Kecha Tomas Tuhel Angliya futbol assotsiatsiyasi bilan shartnomasini uzaytirgani e’lon qilindi. Germaniyalik mutaxassis Angliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, FA ichidagi ayrim yuqori lavozimli amaldorlar bu qarordan qoniqmadi. Ularning fikricha, Tuhel bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish uchun avval jahon chempionati tugashini kutish kerak edi — turnir natijasi bilan birga, uning taktik qarashlari va yetakchilik fazilatlari ham baholanishi lozim.

Assotsiatsiyadagi ayrimlar esa shartnoma faqat Tuhelni boshqa klub yoki loyiha “ilib ketishi” mumkin, degan xavotir sabab tezda uzaytirilganini ta’kidlamoqda.

Avvalroq OAVda Tuhel yozda “Manchester Yunayted” qisqa ro‘yxatiga kirgani haqida mish-mishlar ham tarqalgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya FAda Tuhel bilan shartnoma uzayishidan norozi bor