Nunyes o'rniga Benzema kiritildi, urugvaylik ro'yxatdan chiqarildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunyes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni milliy liga uchun ro'yxatdan chiqarib, o'rniga klubga kelib qo'shilgan Karim Benzemani qaydnomaga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Nunyes jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun ro'yxatida qoldirilgani ta'kidlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchi avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida o'ynagan. U 2019 yildan beri Urugvay terma jamoasiga jalb etib kelinadi va hozirgacha 13 ta gol urgan, shuningdek, 2022 yilgi Qatar mundialida ham ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing