Elche ustun o'ynadi, ammo Osasunani yorib o'ta olmadi

Ispaniya chempionatining 24-turidagi start uchrashuvida «Elche» «Osasuna»ga nisbatan o'yin jihatidan ustunlik qildi, biroq hisobni ocholmadi. Mezbonlar 12 bor zarba yo'llagan bo'lsa-da, ularning barchasi ham darvoza uchun jiddiy xavf tug'dirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin boshida Lukas Sepeda uzoqdan zarba bilan raqib posbonini sinovdan o'tkazdi, qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib kelgan Alvaro Rodriges esa darvozani nishonga ola bilmadi. Ikkinchi bo'limda mehmonlar darvozaboni Andre Silvaning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini qaytardi. Uchrashuv so'ngida Xerman Valera hujumni keskinlashtirdi, biroq Alvaro Rodriges yana darvozabonni aldashga qiynaldi.
Yakunda 0:0. «Elche» 13-o'rinni bo'lishib turibdi, «Osasuna» esa 9-pog'onada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!