Messi 2026 yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin

Lionel Messi kelasi yozda bo'ladigan 2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushmasligi ehtimoli bor. The Touchline xabariga ko'ra, 38 yoshli argentinalik yulduz mundialga bormaslik variantini ham inkor qilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qaror ko'p jihatdan hujumchining jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi. Manbada aytilishicha, Messi o'zini 100 foiz tayyorlikdan hatto 1 foiz pastroq his qilsa ham, Jahon chempionatiga yo'l olmaydi.
Messi MLS darajasini mundial oldidan eng yuqori sport formasiga chiqish uchun yetarlicha raqobatbardosh deb hisoblamaydi. Shu bois u bu omilni faqat to'liq jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash kerakligini yaxshi tushunadi.
2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida titulini himoya qiladi. Oxirgi mundial finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida mag'lub etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!