Borussiya ketma-ket 15 o‘yinda gol urib, Bundesliga rekordini takrorladi

Germaniya chempionatida 23-tur uchrashuvlari boshlandi va Dortmundning «Borussiya»si «Maynts»ni ishonchli tarzda yirik hisobda mag‘lub etdi. Mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta gol yo‘lladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu g‘alaba ortida yana bir muhim ko‘rsatkich bor: «Borussiya» Bundesligada ketma-ket 15-uchrashuvda gol urdi va shu orqali liga rekordini takrorladi.
Qizig‘i, turnirdagi kam sonli rekordlardan biri sifatida bu natijada Myunxenning «Bavariya»si tilga olinmaydi. Avvalroq xuddi shunday seriya ikki marta qayd etilgan: 1980 yilda «Gamburg» 15 o‘yin ketma-ket gol urgan, 2013 yilda esa Yurgen Klopp boshchiligidagi «Borussiya» ham shu marraga yetgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing