date

Pochettino Messi, Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi

Pochettino Messi, Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yulduz futbolchilar bilan ishlash qanchalik murakkab ekaniga to'xtaldi. Argentinalik mutaxassis Parijda hujumda Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe uchligi bilan birga ishlagan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pochettinoning ta'kidlashicha, bunday darajadagi o'yinchilar ba'zan o'zlari to'p tepayotgan klubdan ham kattaroq e'tiborga ega bo'ladi. Murabbiy Messi haqida gapirar ekan, undan doimiy pressing kutish noto'g'ri ekanini qayd etdi: u avval ham, hatto Gvardiola davridagi eng yorqin yillarida ham bu uslubni muntazam bajarmagan. Mutaxassis fikricha, natija bo'lmasa, ayb ko'pincha murabbiy zimmasiga tushadi.

Hozirda Pochettino AQSH terma jamoasini Jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Shuningdek, OAVda yozgi transferlar davrida uning «Tottenhem»ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pochettino Messi, Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi