date

Diyego Simeone Angliyaga yo‘l olishi mumkin, “Chelsi” qiziqmoqda...

Diyego Simeone Angliyaga yo‘l olishi mumkin, “Chelsi” qiziqmoqda...

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone kelajakda faoliyatini Angliya Premyer-ligasining yetakchi jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Manba maʼlumotlariga ko‘ra, Londonning “Chelsi” klubi argentinalik mutaxassisni taklif qilish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. “Aristokratlar” rahbariyati hozirgi murabbiy Liam Rosenyor qo‘l ostidagi natijalardan qoniqmagani uchun yangi variantlarni izlamoqda.

Simeone esa futbol olamida uzoq yillardan beri o‘z uslubi va qatʼiy taktikasi bilan tanilgan murabbiylardan biri hisoblanadi. U 2011 yildan buyon “Atletiko Madrid” jamoasini boshqarib kelmoqda va klubni Yevropaning eng kuchli jamoalari qatoriga olib chiqqan.

Uning rahbarligida madridliklar bir necha bor La Ligada sovrinlar uchun kurashgan va Yevropa arenasida ham barqaror natijalar ko‘rsatgan.

Maʼlumot uchun, Simeonening “Atletiko” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxiriga qadar davom etadi. Shu bois uning ehtimoliy transferi hali murakkab masala sifatida qolmoqda.

Qisqasi, agar bu variant amalga oshsa, Premyer-liga yana bir top-darajadagi murabbiy bilan to‘ldiriladi. Muxlislar esa Simeone Angliya futbolida qanday iz qoldirishini katta qiziqish bilan kuzatishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Diyego Simeone Angliyaga yo‘l olishi mumkin, “Chelsi” qiziqmoqda...