date

Rossiya–O‘zbekiston savdosi 14 milliardga yetishi kutilmoqda

Rossiya–O‘zbekiston savdosi 14 milliardga yetishi kutilmoqda

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda. Rossiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yilga borib ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 22 foizga oshib, 14 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.

Bu haqda u Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom Central Asia” oltinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ma’lum qildi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2025 yil yakuniga kelib ikki tomonlama savdo hajmi 12 foizdan ortiq o‘sib, 11,5 milliard dollarga yetgan. Mutasaddilar bu ko‘rsatkichlar hamkorlikning barqaror rivojlanayotganidan dalolat berishini ta’kidlamoqda.

Manturovning qayd etishicha, hozirgi ijobiy dinamika 2026 yil yakunigacha 14 milliard dollarlik marraga erishish imkonini bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu natijalarga sanoat, energetika, transport, logistika hamda agrosanoat sohalaridagi qo‘shma loyihalar katta hissa qo‘shmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish, ta’minot zanjirlarini mustahkamlash va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini izlash bo‘yicha ishlar faol davom etayotgani qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya–O‘zbekiston savdosi 14 milliardga yetishi kutilmoqda