Janubiy Koreyaning yirik banklaridan biri O‘zbekistonda faoliyat boshlaydi

Janubiy Koreyaning yirik Shinhan Banki O'zbekistonda to'liq xizmat ko'rsatuvchi mahalliy sho'ba korxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bank kerakli hujjatlarni joriy yilning birinchi yarmida topshirishni ko'zlagan va agar loyiha ma'qullansa, bu O'zbekistonda faoliyat boshlagan ilk koreys tijorat banki bo'ladi. Hozirda dastlabki kelishuvlarga erishilgan bo'lib, bank kelgusi yildan boshlab Qozog'istondagi tajribasi asosida faoliyatini yo'lga qo'yishni maqsad qilgan.
Janubiy Koreyaning yirik banklaridan biri hisoblangan Shinhan Bank O‘zbekiston moliya tizimiga kirish bo‘yicha reja ishlab chiqmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, moliyaviy tashkilot mamlakatda to‘liq xizmat ko‘rsatadigan mahalliy sho‘ba korxona ochishni ko‘zlamoqda. Kerakli hujjatlar joriy yilning birinchi yarmida tegishli tartibga soluvchi organlarga topshirilishi rejalashtirilgan.
Agar ushbu loyiha ma’qullansa, bu Shinhan Bankning xorijdagi 11 filiali bo‘ladi hamda O‘zbekistonda faoliyat boshlagan ilk koreys tijorat banki sifatida qayd etiladi.
Hozirda bank mahalliy regulyatorlar bilan dastlabki kelishuvlarga erishgan bo‘lib, tayyorgarlik ishlarining katta qismi yakunlangan. To‘liq ish faoliyati esa kelgusi yildan yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Shinhan Bank O‘zbekistondagi faoliyatini Qozog‘istondagi muvaffaqiyatli tajriba asosida rivojlantirishni rejalashtirmoqda.


























Izohlar 0
…