Javohir Sindorov muvaffaqiyat sirini ochdi

Javohir Sindorov muvaffaqiyat sirini ochdi
Qisqacha

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Nomzodlar turniri g'olibi Javokhir Sindorov o'z muvaffaqiyati sirlari haqida gapirib berdi. Uning ta'kidlashicha, bunday yuksak natijalarga erishish ortida 10-15 yillik tinimsiz mehnat va mashaqqat yotadi. Sindorov turnir oldidan 20 kun davomida kuniga 10 soatdan murabbiy bilan shug'ullanganini, ammo bu faqat uzoq yillik tayyorgarlikning bir qismi ekanligini ta'kidladi. U har qanday sohada muntazam o'z ustida ishlash va mashaqqatli mehnatning muhimligini alohida ta'kidladi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDЕ) Nomzodlar turniri g‘olibi bo'lgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorovga:

“Bugun millionlab o‘zbek yoshlari Javohir Sindorovdek bo‘lishni xohlaydi. Bunga erishish uchun nima qilish kerak?” — degan savol berildi.

Sindorov bu savolga o‘z muvaffaqiyatining ortida katta mehnat yotganini ta’kidlab javob berdi:

“Bunday natijalarga erishishning ortida juda katta mehnat turadi. Ushbu musobaqadan oldin 20 kun davomida deyarli hech narsaga e’tibor bermasdan faqat shaxmat bilan shug‘ullandim. ustozim yonida kuniga 10 soatdan shaxmat o‘ynardim.

Bu natijalar bir kunlik yoki 20 kunlik emas — 10–15 yillik tinimsiz mehnatning mahsuli. Menimcha, har qanday kasbda inson o‘z ustida muntazam ishlasa, albatta yuqori natijalarga erishadi va o‘z sohasining eng kuchlisiga aylanishi mumkin,” — dedi Sindorov.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar