Boka Xuniors yangi sport direktorini e'lon qildi

Argentina klubi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Avvalroq «Barselona» safida ham to'p surgan Rikelme hozirgi vaziyatda jamoani tez fursatda kuchaytirish masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham muhim tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham qatnashgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing