Boka Juniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Juniors» klubida sport direktori lavozimiga yangi nom tayinlandi — bu vazifani endilikda Marselo Delgado bajaradi. Klub rasmiylari uning prezident Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlashini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi ta'kidlanmoqda. Shu bois Delgado va Rikelme tandemi yaqin davrda transfer siyosati hamda tarkibdagi muammolar ustida jiddiy ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogi to'purari bo'lgan — u bu ko'rsatkichni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bo'lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!