Martynovich Haverts bilan kulgili suhbatini eslab berdi

«Qayrat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yindan keyin raqib futbolchisi Kay Haverts bilan bo‘lgan qiziqarli muloqoti haqida gapirib berdi. Martynovichning aytishicha, Haverts unga qarab, yuzini qayerdandir taniyotgandek tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«U: “Negadir yuzing menga juda tanish”, dedi. Men esa bir paytlar “Bayer”ni biroz qiynab, undan o‘tganimizni aytdim. Keyin u “Chelsi”da bo‘lgan paytida ham ularga qarshi o‘ynaganmiz, shuning uchun bir necha bor uchrashganmiz”, — deya Martynovichning so‘zlarini “Chempionat” nashri “Match TV” efiriga tayanib keltirdi.
Martynovich Havertsning o‘yin futbolkasi ham uning kolleksiyasida borligini qo‘shimcha qildi. Eslatib o‘tamiz, Aleksandr avvalroq Rossiyada ham to‘p surib, «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» safida o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, «Arsenal» va «Qayrat» yanvar oxirida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida to‘qnash kelgandi. Londonda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!