Karrik tizimida joy topmagan Maunt sotuvga chiqarilishi mumkin

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Mauntning kelajagi hanuz aniq emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
27 yoshli futbolchiga Maykl Karrik qo'llayotgan tizimda asosiy tarkibdan joy olish qiyin, chunki "o'nlik" pozitsiyasida jamoaning yetakchisi va sardori Bruno Fernandesh muntazam o'ynab kelmoqda. Angliya OAV xabariga ko'ra, "qizil iblislar" Mauntni taxminan 20 mln funt sterling (23 mln yevro) atrofida sotish variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Transfermarkt portalida yarim himoyachining bahosi bundan yuqoriroq — 32 mln yevroga teng. "Chelsi"ning sobiq futbolchisi bilan amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing