Argentina chempionatida di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vataniga qaytib, ilk uchrashuvlarda o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi, biroq tez orada uning atrofida salbiy fon kuchaya boshladi. Bu holat natijalardan ko'ra ko'proq raqiblarning noroziligi bilan bog'liq: ular di Mariyani maydonda tez-tez simulyatsiya qiladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionatiga bag'ishlangan forumlarda ham muhokamalar avj olgan. Ayrim muxlislar va kuzatuvchilar «nega di Mariya hiylalari uchun ogohlantirilmaydi», «u yulduz, lekin bunday harakatlari toqatsiz qilib yubordi», «shunday mahoratli futbolchining penalti so'rab o'zini tashlashi achinarli» kabi keskin fikrlarni yozmoqda. Hozirda sobiq “Manchester Yunayted” va “Real” futbolchisi “Rosario Sentral” safida to'p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!