Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga yangi nomni e’lon qildi — klubning bu yo‘nalishidagi ishlari endi Marselo Delgado qo‘lida bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Sobiq «Barselona» futbolchisi bo‘lgan Rikelme bilan tandem jamoaga tezkor kuchaytirishlar topish va tarkibni mustahkamlash vazifasini zimmasiga oladi.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Delgadoning yana bir yodda qolgan yutug‘i — 2003 yilda Libertadores kubogida eng sermahsul to‘purar bo‘lgani. U bu ko‘rsatkichni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!