date

Ikardi uch gol urib Galatasaroy rekordini yangiladi

Ikardi uch gol urib Galatasaroy rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida “Galatasaroy” “Eyupspor”ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘lib, u xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu uchta gol Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner maqomini olib keldi. U bu borada ruminiyalik Georghe Xadjini ortda qoldirdi: Xadji “Galatasaroy” safida 75 ta gol urgan bo‘lsa, Ikardining hisobida endi 76 ta gol bor. Umumiy to‘purarlar ro‘yxatida esa argentinalik futbolchi yettinchi pog‘onada qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Turkiyaning “Galatasaroy” klubida to‘p surmoqda. U bunga qadar Fransiyaning “PSJ” jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi uch gol urib Galatasaroy rekordini yangiladi