Myaykl Karrik davrida Meyson Maunt sotuvga chiqarilishi mumkin

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Meyson Mauntning klubdagi kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
27 yoshli futbolchiga Myaykl Karrik tizimida asosiy tarkibdan joy olish oson emas: «o'nlik» pozitsiyasi jamoaning yetakchi yulduzi va sardori Bruno Fernandesh tomonidan band. Angliya OAV xabarlariga ko'ra, «qizil iblislar» Mauntni taxminan 20 mln funt (23 mln yevro) evaziga sotish variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Transfermarkt portali esa yarim himoyachining bozor qiymatini 32 mln yevroga baholamoqda. «Chelsi»ning sobiq futbolchisi bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, yana bir yilga uzaytirish bandini ham o'z ichiga oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing