date

Martines Ronaldu qachon futbolni tark etishini aytdi

Martines Ronaldu qachon futbolni tark etishini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fevral boshida 41 yoshni qarshi olgan Ronaldu hali ham yuqori formani saqlab turibdi. Martinesning ta'kidlashicha, uning jismoniy ko'rsatkichlari yana uzoq vaqt o'ynashga yetadi.

«Uning jismoniy holati yana, yana va yana o'ynashga mos. Menimcha, masala qachon o'zi buning uchun to'g'ri payt kelganini his qilishida. U o'ziga nisbatan juda talabchan futbolchi. Jamoaga endi foyda bera olmayotganini anglagan paytda, to'xtash qarorini ham o'zi qabul qiladi», — dedi Martines BBCga bergan intervyusida.

Klub miqyosida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasida to'p surmoqda. Xabarlarga ko'ra, yulduz futbolchi shanba kuni boykotdan so'ng tarkibga qaytishi kutilmoqda.

Ronaldu so'nggi uchrashuvlarning bir nechtasini o'tkazib yubordi: u klub boshqaruvidagi ayrim qarorlardan norozi ekanini shu tarzda bildirgan.

«Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvini LiveResult orqali matnli translyatsiyada kuzatish mumkin bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronaldu qachon futbolni tark etishini aytdi