date

Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori lavozimiga yangi mas'ul tayinlandi. Bu vazifani endi Marselo Delgado bajaradi va u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, «Boka Xuniors» tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj. Shu sabab Delgado va Rikelme tandemi transferlar hamda jamoani mustahkamlash bo'yicha zudlik bilan ishga kirishishi kutilmoqda.

Dalgado futbolchilik faoliyatida ham yaxshi iz qoldirgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillar oralig'ida 18 o'yinda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.

Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan. U bu natijani «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi