date

Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash imkonini baholadi

Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash imkonini baholadi

Bundesliganing shanba kungi uchrashuvida «Bavariya» hujumchisi Garri Keyn «Verder» darvozasiga ikki bor gol urib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Angliyalik forvard 22-daqiqada penaltini aniq ijro etdi, 25-daqiqada esa o‘yindan gol kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

32 yoshli futbolchining joriy Germaniya chempionatidagi natijasi ham e’tiborga molik: mavsum yakuniga 12 tur qolgan paytda uning hisobida 26 ta gol bor. Shu fonда jurnalistlar Keyndan Robert Levandovskining 41 gollik rekordini yangilash imkoniyati haqida so‘rashdi.

«Hammasi bo‘lishi mumkin, lekin hozircha bu natijadan ancha uzoqdaman. Bu rekord — aqlbovar qilmas darajada. Hozir yaxshi formadaman va jamoaga foyda keltira olayotganimdan xursandman. Aprelda o‘zimni qanday his qilishimni ko‘ramiz — shundan keyin rekord haqida o‘ylayman. Hozir esa keyingi o‘yinga e’tibor qaratish kerak», — deya Keynning so‘zlarini Bayern & Germany keltirdi.

Qayd etilishicha, Keynning «Verder»ga urgan ikkinchi goli myunxenliklar yulduzi faoliyatidagi 500-gol bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash imkonini baholadi