Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubning yangi sport direktorini e’lon qildi — endilikda bu lavozimda Marselo Delgado ishlaydi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi, Rikelme avvalroq «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Boka Xuniors» tarkibini zudlik bilan kuchaytirishga muhtoj, shu sabab Delgado va Rikelme oldida transfer yo‘nalishida jiddiy vazifalar turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgan — u bu ko‘rsatkichni Braziliyaning «Santos» klubidan Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!