Ikardi uch gol urib Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida Galatasaray Eyupsporni yirik hisobda maglub etdi — 5:1. Uchrashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi xet-trik qayd etib, jamoasiga ishonchli g'alaba keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu uch gol Ikardiga Galatasaray tarixidagi eng sermahsul legioner maqomini ham olib keldi. U ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining klubdagi gollari 75 ta bo'lgan bo'lsa, Ikardining hisobida endi 76 ta gol bor.
Klubning umumiy to'purarlari ro'yxatida esa Ikardi hozircha yettinchi pog'onada qayd etilmoqda. 2023 yildan buyon Galatasaray safida o'ynayotgan hujumchi avvalroq PSJ tarkibida ham to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing