Martynovich Haverts bilan kulgili suhbatini eslab berdi

«Kairat» futbolchisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi so‘nggi o‘yindan keyin «Arsenal» hujumchisi Kayo Haverts bilan bo‘lgan qiziqarli muloqot haqida gapirdi. Havertsga Martynovichning yuzi nimagadir juda tanish tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Martynovichning aytishicha, Haverts: «Nimadir sening yuzing menga juda tanish», degan. Shunda Aleksandr ularning yo‘llari avvalroq ham kesishganini eslatib, bir paytlar «Bayer»ga qarshi o‘ynab, undan o‘tishganini, keyin esa Haverts «Chelsi» safida bo‘lgan davrda ham maydonda bir necha bor to‘qnash kelishganini aytgan.
Martynovich Havertsning o‘yin futbolkasi uning kolleksiyasida borligini ham qo‘shimcha qildi. Shuningdek, Aleksandr avvalroq Rossiyada «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» klublarida ham to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Kairat» yanvar oxirida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida uchrashgan. London klubi o‘z maydonida 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!