date

Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi “Boka Huniors” klubning yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman ma’lum qildi. Bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi va u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Shu sabab Delgado va Rikelme tandemidan yaqin vaqt ichida transferlar bo‘yicha aniq qadamlar kutilmoqda.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuv o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilardan biri bo‘lgan — “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnir to‘purarlari safidan joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi