Fransiyada Safonovning PSJdagi kelajagi ijobiy baholandi

Fransiyalik jurnalist Dorian Bonzoma PSJ darvozaboni Matvey Safonovning “Renn”ga qarshi uchrashuvdan keyingi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 22-turida parijliklar kutilmaganda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bonzoma Safonov uchta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, u asosiy tarkibdagi o‘rnini birdaniga yo‘qotib qo‘yadi, degan fikrga qo‘shilmasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, “Renn”dan uchralgan mag‘lubiyat PSJ uchun yoqimsiz natija, biroq aybni aynan darvozabonga yuklash g‘alati.
Mutaxassis Safonov raqobatda Shevalyeni ortda qoldirganini va “Renn”ga qarshi o‘yinda ham munosib darajada harakat qilganini qayd etdi. Bonzomaga ko‘ra, rossiyalik posbon jamoaning asosiy golkiperi bo‘lib qoladi.
17-fevral kuni PSJ Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ilk o‘tish uchrashuvida “Monako”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!