Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini ma’lum qildi. U klub prezidenti, «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi qayd etilmoqda. Shu sababli Delgado va Rikelme dueti transferlar hamda tarkibni yangilash masalalarida faol ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham ancha tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. U bu sovrinni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!