Bavariya Manuel Noyersiz taxminan uch hafta qoladi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyerning jarohati yuzasidan yangi tafsilotlar paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq 39 yoshli posbon jarohat olib, «Ayntraxt»ga qarshi yaqin o'yinni o'tkazib yuborishi aytilgandi. Keyinroq klub matbuot xizmati bu ma'lumotni tasdiqladi, biroq tiklanish muddati haqida aniq muddat bermadi.
BILD xabariga ko'ra, Noyer boldir mushagi bilan bog'liq muammo sababli taxminan uch hafta safdan chiqadi.
Joriy mavsumda Noyer barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol o'tkazdi va 9 o'yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Eslatib o'tamiz, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi.
«Bavariya»ning navbatdagi bahsi 21 fevral kuni «Ayntraxt»ga qarshi bo'lib o'tadi. Germaniya Bundesligasining 23-tur uchrashuvi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!