Martines Ronalduning qachon to'xtashiga izoh berdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fevral boshida 41 yoshni qarshi olgan hujumchi haqida gapirar ekan, Martines uning jismoniy holati hali uzoq vaqt yuqori darajada o'ynashga yetishini ta'kidladi.
BBC bilan suhbatda murabbiy: «Uning jismoniy ko'rsatkichlari hali yana va yana o'ynashga mos. Menimcha, gap shundaki, u qachon o'zi uchun to'g'ri payt kelganini his qiladi. Ronaldu juda o'ziga talabchan. U jamoaga foydasi tegmay qolganini anglagan zahoti, to'xtash haqida qaror qabul qiladi», dedi.
Klub darajasida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasida to'p surmoqda. Xabarlarga ko'ra, u shanba kuni boykotdan keyin tarkibga qaytishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, yulduz futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lib, bir nechta o'yinni o'tkazib yuborgan.
«Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvini LiveResult saytida matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!